Onion brauzeri iOS uchun iOS uchun Linux uchun Linux uchun Mac OS uchun Windows uchun

Onion Launchpad bloklanishini chetlab oʻtishga oid maslahatlar

service-url.website ochilmayaptimi? Bu sahifada senzurani chetlash haqida batafsil axborot berilgan.

Tor yordamida senzurani chetlash

Tor — odamlarga senzura va kuzatuvni chetlash yordami bilan internetni anonim kezish imkonini beradi. Tor brauzeri siz foydalanadigan Chrome, Firefox, Safari, Yandex kabi boshqa brauzerlar bilan bir xil ishlaydi. Faqat unda Internet provayderi va boshqa kuzatuvchi tomonlar kabi Internetdagi harakatlaringizni oshkor qilish oʻrniga koʻngillilar boshqaruvidagi uchta tasodifiy nod (“tugunlar” ham deb ataladi) yordamida internet trafingingizni yashirish orqali Internetdagi barcha harakatlaringiz shifrlanadi. Bu jarayon qayerda ekaningiz va qayerga (qaysi saytga) oʻtishingiz axborotini oshkor qilmaydi.

Tor — dunyo boʻylab inson huquqlari faollari va himoyachilari tomonidan senzura va kuzatuvchi chetlash maqsadida ishlatiladi. Tor va uning qanday ishlashi haqida batafsil axborot bilan Tor brauzeri qoʻllanmasi sahifasi orqali tanishing.

1-bosqich: Tor brauzerini yuklab oling

Tor brauzerini yuklab olishning eng oddiy va xavfsiz usuli bu — Tor loyihasi veb-sayti orqali olishdir. Operatsion tizimingiz uchun quyidagi havoladan Tor brauzerini yuklab olishingiz mumkin:

Tor brauzerini yuklab olishda muammo bormi?

Tarmogʻingizda bloklanishi kabi ayrim holatlarda Tor lohiyasi veb-sayti ochilmasligi mumkin. Bunda quyidagi muqobil usullar bilan yuklab olish mumkin.

Nusxalar

Tor brauzerini quyidagi rasmiy muqobil manbalar orqali yuklab olishga urining:

GetTor

Hatto nusxali saytlar ham bloklangan boʻlsa, Tor brauzerini GetTor orqali olish imkoni bor. GetTor — bu xabarlarga javob sifatida Tor brauzerining oxirgi versiyasining Dropbox, Google Drive va GitHub kabi omborlardagi havolalarini yuboradigan xizmat.

  • 1-bosqich: Email orqali tarkibida operatsion tizimingiz asosida shunchaki "windows", "osx" yoki "linux" (qoʻshtirnoqsiz) yozilgan xatni gettor@torproject.org manziliga yuboring. Shuningdek, Ingliz tilidan farqli oʻz tilingizdagi nashri kerak boʻlsa, til kodini ham yozish mumkin. Masalan, Xitoy tilidagi (Xitoy) Tor brauzerini olish uchun gettor@torproject.org manziliga "windows zh_CN" xatini yuborish mumkin.

  • 2-bosqich: GetTor sizga tarkibida shifrlangan imzo, imzoni yaratishda ishlatilgan barmoq izi kaliti va paketning umumiy qiymati mavjud (yuklanmani tekshirish uchun kerak) Tor brauzerini oʻrnatish paketi havolalaridan iborat javob xatini qaytaradi. Kompyuteringizdagi operatsion tizim modeli asosida 32-bit yoki 64-bit nashri taklif etiladi.

Shuningdek, texnik hujjatlar va boshqa resurslar bilan quyidagi nusxa saytlar orqali tanishish mumkin:

2-bosqich: Tor tarmogʻiga ulanish

Tor brauzerini ilk marta ishga tushirganda Tor tarmogʻiga ulanish oynasi chiqadi. Bunda Tor tarmogʻiga bevosita ulanish yoki Tor brauzerini tarmogʻingizda sozlash taklif qilinadi. Istasangiz, Tor tarmogʻiga doim avtomatik ulanish parametri belgilov katakchasini tanlang.

Tor brauzeri ishga tushganidan keyin tez orada Internetni kezish mumkin boʻladi, birinchi marta foydalanishda “Ulanish” tugmasini bosing.

Tor tarmogʻiga ulanishda muammo bormi?

Internet provayderi yoki hukumat tomonidan bloklanishi kabi ayrim holatlarda Tor tarmogʻiga bevosita ulanib boʻlmasligi mumkin. Tor brauzeri bu bloklanishlarni chetlab oʻtadigan ayrim vositalardan iborat. Bunday holatlarda, brauzerni shunchaki koʻprik orqali ulash yechim boʻlishi mumkin. Koʻpriklar odatda yopiq va bloklanishi qiyin tugunlar boʻladi.

Koʻpriklarni ish stoli versiyasi orqali faollashtirish koʻrsatmalari:

Tor brauzerida quyidagi ruknga kirish orqali desktop uchun koʻprik funksiyasidan foydalanishingiz mumkin: Sozlamalar > Aloqa > Koʻpriklar > Ichki koʻprikni tanlash. 2021-yil 22-dekabr sanasidan buyon Rossiyada Tor brauzeriga biriktirilgan koʻpriklar bloklangan.

Shu sababli foydalanuvchilar quyidagi usullar bilan koʻprik talab qilishi mumkin:

  • Desktop qurilmadagi Tor brauzerida koʻprik uchun soʻrov yuborish: Sozlamalar > Aloqa > Koʻpriklar > torproject.org koʻprigi uchun soʻrov yuborish > CAPTCHA tekshiruvini bajarish
  • “/bridges” buyrugʻini tegishli Telegram kanaliga @GetBridgesBot yuborish va olingan koʻprik manzilini nusxalash va joylash orqali Tor brauzerida oddiy usulda qoʻshish: Sozlamalar > Aloqa > Koʻpriklar > Olingan koʻprik manzilini kiritish
  • https://bridges.torproject.org/ sahifasiga kiring va koʻrsatmalarni bajaring
  • Koʻprik uchun Gmail yoki Riseup hisobidan bridges@torproject.org manziliga xat yuborish orqali soʻrov yuborish; keyin olingan koʻprik manzilini nusxa olish va joylash orqali Tor brauzerida oddiy usulda qoʻshish: Sozlamalar > Aloqa > Koʻpriklar > Olingan koʻprik manzilini kiritish
  • Tor brauzeridagi Snowflake orqali ulanish: Sozlamalar > Aloqa > Koʻpriklar > Ichki koʻprikni tanlash > Snowflake

Koʻpriklarni Android tizimida faollashtirish koʻrsatmalari:

Foydalanuvchilar Android tizimida quyidagi usul bilan koʻprik ishlatishi mumkin: Sozlamalar belgisi > Koʻprikni sozlash > Koʻprik ishlatish.

Tor brauzeri ichki koʻpriklari bloklangan holatlarda foydalanuvchilar quyidagi usullarda koʻprik talab qilishi mumkin:

  • “/bridges” buyrugʻini tegishli Telegram kanaliga @GetBridgesBot yuborish va olingan koʻprik manzilini nusxalash va joylash orqali Tor brauzerida oddiy usulda qoʻshish: Koʻprik konfiguratsiyasi > Olingan koʻprik manzilini kiritish
  • https://bridges.torproject.org/ sahifasiga kiring va koʻrsatmalarni bajaring
  • Koʻprik uchun Gmail yoki Riseup hisobidan bridges@torproject.org manziliga xat yuborish orqali soʻrov yuborish; keyin olingan koʻpriklar qatorlarini nusxa olish va joylash orqali Tor brauzerida oddiy usulda qoʻshish: Koʻprik konfiguratsiyasi > Olingan koʻprik manzilini kiritish
  • Tor brauzeridagi Snowflake orqali ulanish: Koʻprik konfiguratsiyasi > Snowflake

Koʻpriklarni iOS tizimida faollashtirish koʻrsatmalari:

Foydalanuvchilar iOS tizimida quyidagi usulda koʻprik ishlatishi mumkin: Saytni koʻrish vaqtida Onion belgisi > Koʻprik sozlamalari.

Tor brauzeri ichki koʻpriklari bloklangan holatlarda foydalanuvchilar quyidagi usullarda koʻprik talab qilishi mumkin:

  • “/bridges” buyrugʻini tegishli Telegram kanaliga @GetBridgesBot yuborish va olingan koʻpriklar qatorlarini nusxalash va joylash orqali Tor brauzerida oddiy usulda qoʻshish: Koʻprik konfiguratsiyasi > Maxsus koʻpriklar
  • https://bridges.torproject.org/ sahifasiga kiring va koʻrsatmalarni bajaring
  • Koʻprik uchun Gmail yoki Riseup hisobidan bridges@torproject.org manziliga xat yuborish orqali soʻrov yuborish: Koʻprik konfiguratsiyasi > Maxsus koʻpriklar
  • Tor brauzeridagi Snowflake orqali ulanish: Koʻprik konfiguratsiyasi > Snowflake

3-bosqich: Onion xizmatiga ruxsat

Onion xizmatlari (avvalgi “yashirin xizmatlar”) — faqatgina Tor tarmogʻida ishlaydigan xizmatlar (saytlar) hisoblanadi. Ulanish uchun boshqa saytlar kabi onion xizmatining manzilini bilish kerak. Onion manzili tasodifiy 56 belgidan iborat harf va raqamlardan iborat boʻlib, ".onion" domeni bilan yakunlanadi. Onion xizmatlari haqida batafsil axborot bilan Tor brauzeri qoʻllanmasi orqali tanishing.

Onion Launchpad onion xizmatiga kirish uchun quyidagi URL manzildan nusxa olish va Tor brauzerida joylashingiz kifoya: